MEBELIM FORUM 2026Jonli 3D sxema

Bunyodkor stadioni · Toshkent · 2026-yil

Bir kunda 250+ mebel xaridori bilan tanishing

Mebelim Forum — dilerlar, ulgurji xaridorlar va dizaynerlar Bunyodkor stadioni maydoniga yig‘iladigan kun. Maydonda atigi 12 ta stend bor, va ulardan biri sizniki bo‘lishi mumkin.

250+maqsadli tashrif buyuruvchi
300 m²ko‘rgazma maydoni
12stend — barchasi «kalit topshirish»
5format: 3×3 dan 5×10 gacha

Nega aynan Mebelim Forum?

Katalog emas — jonli mebel

Xaridor divaningizga o‘tiradi, eshikni ochib yopadi, materialni qo‘lda sezadi — va narxni siz bilan joyida kelishadi. Rasm buni qila olmaydi.

Har bir mehmon — mebel uchun kelgan

Tasodifiy o‘tkinchilar emas: dilerlar, ulgurji xaridorlar, dizaynerlar va quruvchilar. Reklama byudjetingiz aniq nishonga ishlaydi.

Forum tugaydi — kontaktlar qoladi

Mehmonlar ro‘yxatdan o‘tib kiradi, baza hamkorlarga beriladi. Logotipingiz esa forum reklamasi va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinadi.

Stend narxlari — «kalit topshirish»

FormatMaydonNarxIzoh
3×3 m9 m²$1 050start uchun ideal — eng ko‘p tanlanadigan format
3×6 m18 m²$1 950butun kolleksiyangiz bemalol sig‘adi
3×8 m24 m²$2 500keng ekspozitsiya + muzokaralar zonasi
3×10 m30 m²$3 000qatordagi eng katta stend — hamma ko‘radi
5×10 m · Bosh hamkor50 m²$5 500+forum yuzi: arkadagi logotip + to‘liq reklama paketi

Stend joyini sxemadan o‘zingiz tanlaysiz — kim oldin band qilsa, o‘sha tanlaydi. Boshqa o‘lcham kerak bo‘lsa, 3×N formatini kelishamiz: narxni jonli 3D sxemadagi kalkulyatorda hisoblang ($100–120/m², stend kattalashgani sari m² arzonlashadi).

  • Stend qurilmasi: devorlar, friz-lavha, gilam va mebel joyi
  • Logotip forumning barcha reklama materiallarida
  • Mehmonlar ro‘yxatdan o‘tishi — kontaktlar bazasi hamkorlarga
  • Mebelim ijtimoiy tarmoqlarida alohida e’lon

Maydonni hozir ko‘ring — jonli 3D sxema

Forum maydonining 3D sxemasi: stendlar joylashuvi va narxlar

Sxemada har bir stendning joyi, o‘lchami va narxi bor. Kamerani erkin boshqaring: maydon bo‘ylab yuring (WASD), tepadan plan ko‘ring, 4 xil qurilish variantini almashtiring va o‘z o‘lchamingiz narxini hisoblang.

3D sxemani ochish →

Stendni bugun band qiling — joy 12 ta, xolos

+998 93 933-25-35Telegram: @mebelim_admin
Qo‘ng‘iroq qilishTelegramda yozish